Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » OIV infeksiyasi onadan bolaga yuqishini oldini olish

OIV infeksiyasi onadan bolaga yuqishini oldini olish

9-09-2025, 15:18
35
🎯OIVdan bolani onasidan himoya qilsa bo‘ladi.

⚠️OIV (Odam immuniteti tanqisligi virusi) infeksiyasi onadan bolaga o‘tishini (vertikal yuqishini) oldini olish mumkin. Buning uchun quyidagi choralar amalga oshirilishi kerak:
1. Homiladorlikdan oldin va homiladorlik davrida OIV testini topshirish.
3.OIV yuqtirgan ona maxsus dori vositalarini (ART) doimiy ravishda qabul qilishi kerak.
4. Tug‘ruq usulini to‘g‘ri tanlash.
5. Yangidan tug‘ilgan chaqaloqqa ham profilaktika uchun 4 hafta davomida maxsus dori vositalari beriladi va boladan OIV testlarini 6 hafta, 3 oy va 18 oyda olinadi.
6.OIV yuqtirgan onalarda emizish xavfli bo‘lishi mumkin.
7.Shuni yodda tutingki,agar ona ART terapiya olib borsa,bolalarga profilaktika qilinsa, tug‘ruq va oziqlantirish to‘g‘ri tashkil etilsa,OIVdan bolani onasidan himoya qilsa bo‘ladi.
☝️Aziz ota-onalar -farzandingiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang !


🦠
OIV (Odam Immunitet Tanqisligi Virusi) — bu virus inson immunitet tizimini zaiflashtiradi. Virus organizmdagi immun hujayralarini yo‘q qilib, odamni turli infeksiyalar va kasalliklarga nisbatan himoyasiz qiladi. OIV infeksiyasi davrida odam sog‘lom ko‘rinishi mumkin, lekin davolanmasa, virus OITS (Odam Immun Tanqisligi Sindromi)ga olib keladi.


‼️ OITS — bu OIV infeksiyasining oxirgi bosqichi bo‘lib, unda organizmning immun tizimi deyarli ishlamay qoladi. 
‼️OIV asosan qon, jinsiy aloqalar yoki onadan bolaga yuqishi orqali tarqaladi. 

Bugungi kunda antiretrovirus terapiyasi yordamida OIV bilan yashash mumkin va virusni nazorat ostida ushlab turish mumkin.

TELEGRAM​​​
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.