Gepatit-o‘limga olib keluvchi jigar sirrozi va saratoning asosiy sababchilaridan ekanligini bilasizmi?

#bilasizmi
#foydali_maslahat
Gepatit - bu virusli infeksiya bo'lib, u jigarni nishonga oladi, yallig'lanishni keltirib chiqaradi va sog'liq uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi.
Gepatitning o‘tkir va surunkali turlari bor. O‘tkir gepatit bilan kasallangan odam jigar qayta tiklanishiga imkon berish uchun bir yilgacha qat’iy parhez tutishi, spirtli ichimliklardan voz kechishi kerak. Surunkali gepatit o‘limga olib keluvchi jigar sirrozi va saratoni kabi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Gepatit bilan qanday kasallanish mumkin?
Asosan, ushbu kasallik virus yuqishi tufayli rivojlanadi. Bundan tashqari, gepatit o‘tkir zaharlanish, xususan, spirtli ichimlik fonida ham rivojlanishi mumkin.
Gepatit A — eng ko‘p uchraydigan, ammo boshqalariga nisbatan xavfsizroq kasallik turi hisoblanadi. U deyarli doim o‘tkir kechadi va surunkali bo‘lmaydi, o‘limga va boshqa turlarga nisbatan jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Ushbu kasallik “kir qo‘llar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni, asosan, kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda kasallangan odam bilan kontaktda bo‘lish orqali yuqtirish mumkin. Gepatit A bilan kasallanmaslikning eng oson yo‘li vaksina qildirish hisoblanadi.
Gepatit B — kasallik turlari orasida eng xavflisi hisoblanadi. Yiliga ushbu kasallikdan 700 ming odam vafot etadi. Hozirgacha ham kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bevosita ta’sir qiladigan preparat yo‘q. Davolash muolajalari jigarni yaxshilash va sirrozga aylanishining oldini olish hisoblanadi. Kasallik qon va odam organizmidan ajraladigan boshqa suyuqliklardan yoki onadan homilaga yuqadi. Agar kasallangan odamning bir tomchi qoni hovuzga tushsa, undagi suv zararlanish xavfi bo‘ladi.
Gepatit C — “Muloyim qotil” deb ta’rif beriladigan ushbu kasallik turi ham ko‘pincha jigar sirrozi yoki saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Kasallik, asosan, qon orqali, ya’ni ehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qon teggan buyumdan boshqa bir insonga yuqishi mumkin. Shuningdek, tish cho‘tkasi yoki soqol oladigan uskuna ham virus yuqishi uchun sabab bo‘ladi.
Gepatit D — shifokorlar tomonidan “superinfeksiya” deb ataladigan gepatit D organizmda gepatit B virusi bo‘lgandagina ko‘payadi. Aksar hollarda kasallik bilan zararlanish qon quyganda yoki giyohvandlarning shpritslari orqali yuqishi kuzatiladi. Onadan homilaga yuqishi ham mumkin. Gepatit B ga chalingan bemorlar gepatit D yuqishiga moyil bo‘ladi. Gemofiliya kasalligi bor kishilar giyohvandlarning kasallikka chalinish ehtimoli yuqori. Bir vaqtni o‘zida gepatitning A va B turlariga chalinish holatlari ham uchrab turadi. Zararlangandan keyin kasallik rivojlangunicha gepatit B singari 1,5-6 oy vaqt o‘tishi mumkin.
Gepatit E — gepatit A singari E turi ham deyarli surunkali kechmaydi. Ammo ayol homiladorligining so‘nggi uch oyida ushbu virusni yuqtirib olsa, o‘lim ehtimoli 40 foizni tashkil qiladi.
Gepatit bilan zararlanmaslik uchun nima qilish kerak?
Gepatitning vaksinasi bor turlariga qarshi emlaning. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling. Tibbiyot muassasalari va go‘zallik salonlarida bir martalik asboblardan foydalanish va ularni sterilizatsiyalanganiga e’tiborli bo‘ling. Iloji boricha bir yilda bir marta gepatitga qon tahlili topshiring. Gepatitning ba’zi turdagi viruslari qonga tushganidan keyin 20 yilgacha o‘zini namoyon qilmasligini unutmang.
Salomatligingizga beetibor bo‘lmang!!!
Telegram
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Yangibozor tuman SEO va JS bòlimi xodimlari tomonidan tibbiyot hodimlari òrtasida virusli gepatit, qizamiq, qizilchankasalliklarni oldini olish bòyicha seminar yiĝilish òtkazildi.24-02-2024, 11:08
Mahallalarda "Mahallabay ishlash" hamda yuqumli kasalliklar bo'yicha targ'ibot tadbirlari davom qilmoqda11-07-2024, 14:54
Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz haroratda saqlang!12-07-2024, 09:35
Mahallabay ishlash bo'yicha tadbirlar davomi....29-07-2024, 14:26
«Me'mor//2023» arxitektura ko‘rik-tanloviga loyiha taqdim etishning 5 sababi31-07-2023, 11:49