Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » #FOYDALI MASLAHAT

#FOYDALI MASLAHAT

16-08-2025, 14:56
38
#foydali_maslahat 
#amal_qiling 

‼️O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari – ko‘z ilg‘amas xavf!

Yozning issiq kunlari yaqinlashar ekan, ichak infeksiyalari ham uyg‘onadi. Bu kasalliklar birdaniga boshlanadi va o‘z vaqtida davolanmasa, og‘ir asoratlarga olib keladi.

O‘tkir ichak kasalliklari quyidagilar orqali yuqadi:

• 🥤 Ifloslangan suv va oziq-ovqat;
• 🍓 Yuvilmagan meva-sabzavotlar;
• ✋ Qo‘l yuvmaslik, gigiyenaga amal qilmaslik;
• 🤝 Kasallik yuqtirgan odam bilan aloqa.

⚠️ Eng ko‘p uchraydigan belgilari:

• 🤢 Ko‘ngil aynishi, qayt qilish;
• 💩 Ich ketishi;
• 🤕 Qorin og‘rig‘i;
• 🌡️ Harorat ko‘tarilishi;
• 😩 Holsizlik.

✅ Oldini olishning eng samarali yo‘llari:

✔️ Suvni qaynatib iching;
✔️ Meva va sabzavotni yuvib va pishirib iste’mol qiling;
✔️ Qo‘llarni sovunlab yuving – ayniqsa ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin;
✔️ Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling;
✔️ Shubhali oziq-ovqatlardan voz keching.

‼️ Esingizda tuting, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish osonroq va arzonroq! Shaxsiy va oilaviy gigiyenaga amal qiling — sog‘lig‘ingiz o‘z qo‘lingizda!
TELEGRAM


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.