Yozda tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari xavfi va profilaktikasi...
Yoz fasli — quyoshli kunlar, sayrlar, dam olish va albatta, ko‘chalarda rang-barang taomlar mavsumi. Ammo aynan shu davrda oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar soni keskin oshadi. Buning asosiy sababi — issiq haroratda tez buziluvchi mahsulotlarning sifati pasayishi va ayniqsa, ko‘chalarda sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda sotilayotgan tez buziluvchi taomlar orqali turli ichak kasalliklari, zaharlanishlar va hatto epidemik holatlar rivojlanishi mumkin. Odamlar tez, arzon va mazali taom istagida sog‘lig‘ini xavf ostiga solib qo‘yishi mumkin.
Statistik ma’lumotlar (O‘zbekiston va dunyo bo‘yicha):
- O‘zbekistonda yoz oylarida ichak infektsiyalari 30–40% ga ortadi.
- JSST ma’lumotiga ko‘ra, oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar har yili 600 million kishiga ta’sir qiladi.
- Ko‘chalarda sanitar nazoratsiz mahsulotlar kasallik xavfini 5–10 baravar oshiradi.
Yozda ko‘p uchraydigan oziq-ovqat orqali kelib chiquvchi kasalliklar:
- Dizenteriya
- Salmonellez
- Botulizm
- O‘tkir ichak infeksiyalari
- Ovqatdan zaharlanish
1. Oziq-ovqatdan zaharlanish
Sabablari: buzilgan mahsulotlar, noto‘g‘ri saqlash, sovutkichsiz taomlar.
Alomatlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i, isitma.
Davosi: darhol shifokorga murojaat qilish, suyuqlik yo‘qotmaslik, dori vositalari faqat mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra.
2. Salmonellez
Manbasi: to‘g‘ri pishmagan tuxum, go‘sht, sutsimon mahsulotlar.
Natijasi: o‘tkir ichak kasalligi, ba'zida sepsis.
3. Botulizm
Sabablari: noto‘g‘ri konservalangan mahsulotlar, kolbasa, baliq mahsulotlari.
Xavfli jihati: nerv tizimiga ta’siri kuchli bo‘lib, o‘lim holatlariga olib kelishi mumkin.
4.Dizenteriya
Sabablari: asosan gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, suvlarni qaynatmasdan ichish, doimi qo'llarni yuvib yurishga e'tibor bermaslik.
Alomatlari: tez-tez ich ketishi, qorin og‘rig‘i, dastlabki davrlarda isitma.
Xavfli mahsulotlar ro‘yxati (Yozda ayniqsa ehtiyot bo‘ling):
Mahsulot turi |
| Xavf sababi |
| Tavsiya |
|
|
|
|
|
Muzqaymoq (ochiqda) |
| Sovutkichda saqlanmasligi, iflos suv |
| Sotib olmang |
|
|
|
|
|
Tuxumli salatlar |
| Tuxumdan oson infektsiya yuqadi |
| Uyda tayyorlang |
|
|
|
|
|
Ko‘cha kaboblari |
| Bakteriyalar go‘shtda tez ko‘payadi |
| Ishonchli joydan oling |
|
|
|
|
|
Salqin ichimliklar |
| Yuqimsiz suv, muz, qo‘shilgan moddalar |
| Qadoqlangani afzal |
|
|
|
|
|
Sariyog‘li pishiriqlar |
| Tez buziladi, ayniqsa ochiqda |
| Faqat do‘kondan oling |
Nega yozda ko‘cha taomlari xavfliroq?
- Haroratning yuqoriligi bakteriyalarni tez ko‘paytiradi.
- Sotuv joylarining gigiyenaga mos emasligi: chang, hasharotlar, toza suv yo‘qligi.
- Sovutkichsiz saqlash: go‘sht, sut mahsulotlari, salatlar tezda buziladi.
- Qayta-qayta qizdirish yoki pishmagan taomlar sog‘liq uchun xavf tug‘diradi.
Asosiy xavfli mahsulotlar:
-Go‘shtli va kolbasali fast-fudlar (hot-dog, kebab)
-Tuxumli taomlar (mayonezli salatlar, pishirilmagan tuxum)
-Sut mahsulotlari (muzqaymoq, tvorogli pishiriqlar)
-Pishirilgan, ammo ochiq holda sotilayotgan ovqatlar
-Salqin ichimliklar va sharbatlar (sanitariya talablariga mos kelmaydigan suvdan tayyorlangan)
Yozgi menyuda nimalar xavfsizroq?
- Yangi pishirilgan ovqatlar
- Qaynatilgan sabzavotlar
- Suvda pishgan sho‘rvalar
- Yangi mevalar (yuvilgan va tozalangan)
- Qadoqlangan ichimliklar
Profilaktik chora-tadbirlar
- Sovutkichda saqlanish muddati bo‘yicha mahsulot tanlang.
- To'g‘ri termik ishlov berilmagan taomlardan saqlaning.
- Iliq va sovuq taomlarni alohida saqlang.
- Issiq havoda taomlarni 2 soatdan ortiq ochiqda qoldirmang.
- Ichimliklar faqat tozalangan, qaynatilgan suv asosida bo‘lishi kerak.
- Sotib olayotgan ovqatingizga baho bering: rang, hid va tashqi ko‘rinishi shubhali bo‘lsa, rad eting.
- Sintetika yoki plastik idishlardagi oziq-ovqatni quyoshda qoldirmang.
- Ko‘chada ochiq holda sotilayotgan mahsulotlardan saqlaning.
- Suv va ichimliklarni faqat ishonchli manbadan oling.
- Ko‘chada muzqaymoq iste’mol qilganda ishlab chiqaruvchi va saqlash sharoitiga e’tibor bering.
- Ochiq joyda tayyorlangan muzqaymoq, sharbat va pishiriqlarni sotib olmang.
- Qo‘l yuvish – eng sodda va eng muhim chora!
Xulosa
Yoz fasli dam olish va yengillik mavsumi bo‘lsa-da, oziq-ovqat gigiyenasiga loqaydlik sog‘lig‘ingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Sog‘ligingizda noxushlik sezsangiz, o‘zingizni o'zingiz davolamang — darhol shifokorga murojaat qiling !
Har bir iste’mol qilayotgan mahsulotingizni sog‘lig‘ingiz uchun tanlayotganingizni unutmang !
Unutmang, sog‘liq — bebaho boylik!
Mualliflar:
Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo'linmasi vrachi B.Pirnazarov
Ovqatlanish gigiyenasi bo'linmasi Sanitariya vrach yordamchisi A.Xadjibayev
TELEGRAM