Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » MTTlarda targibot tadbirlari o'tkazildi

MTTlarda targibot tadbirlari o'tkazildi

28-04-2026, 11:52
13
📢 Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Yangibozor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tuman maktabgacha ta’lim muassasalarida (MTT)  virusli gepatit A (VGA) kasalligiga qarshi emlashning ahamiyati yuzasidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

💉 Tadbir davomida aholi, ayniqsa ota-onalarga VGA kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari hamda oldini olish choralariga oid batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bolalarni o‘z vaqtida emlash sog‘liqni saqlashda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

🛡 Mutaxassislar tomonidan gigiyena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish va sanitariya talablariga amal qilish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.

✅ Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining tibbiy savodxonligini oshirish va yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
TELEGRAM​​​

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.