Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Axborot xizmati » Gripp va O'RVI bo'yocha targ'ibot tadbirlari

Gripp va O'RVI bo'yocha targ'ibot tadbirlari

22-11-2025, 10:15
23
🩺 Gripp va ORVI kasalliklari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugun Yangibozor tumani SEO JS bo‘limi xodimlari tomonidan tibbiyot muassasalari xodimlari uchun gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (ORVI)ning oldini olish, erta aniqlash va profilaktika choralariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔍 Tadbir davomida:
 • Kasalliklarning yuqish yo‘llari va belgilari tushuntirildi
 • Profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi
 • Aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi
 • Xodimlarga kerakli ko‘rsatmalar va uslubiy tavsiyalar yetkazildi

🤝 Ushbu tadbir tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, mavsumiy infeksiyalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

TELEGRAM​​​
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.