Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Emlash bo'yicha seminar o'tkazildi

Emlash bo'yicha seminar o'tkazildi

14-03-2026, 11:20
6
📌 TTBda VGA kasalligiga qarshi bolalarni emlash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi majlislar zalida maktab hamshiralari ishtirokida VGA, qizamiq va quturish kasalliklari profilaktikasi hamda bolalarni VGA kasalligiga qarshi emlash masalalariga bag‘ishlangan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan mazkur kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalish yo‘llari hamda ularning oldini olish choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bolalarni VGA kasalligiga qarshi o‘z vaqtida emlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida maktablarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish hamda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

SanepidQo’mita Yangibozor tumani Axborot xizmati
TELEGRAM​​​
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.