Tibbiyot hodimlari 5-kunlik ish rejimida
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 9-noyabrda qabul qilingan “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiyot xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.
Mazkur qaror bilan tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish, shuningdek, yosh kadrlarni sohaga jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Qarorga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik ish haqlarini bosqichma-bosqich oshirish, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy imtiyozlar ko‘lamini kengaytirish nazarda tutilgan. Ayniqsa, olis va chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu bilan birga, qarorda tibbiyot xodimlari uchun mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida ularni haftasiga 5 kunlik ish rejimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish masalasi ham belgilangan. Ushbu o‘zgarish xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish, dam olish va tiklanish uchun yetarli vaqt ajratish hamda kasbiy faoliyat sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, farmatsevtika sohasini rivojlantirish, mahalliy dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish, sifatli va arzon dori-darmonlar bilan aholini ta’minlash bo‘yicha ham qator muhim chora-tadbirlar belgilangan. Bu esa nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish, balki aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur qaror asosida tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish ham muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. Xalqaro tajribalarni joriy etish, innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, ushbu qaror tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularning fidokorona mehnatini munosib qadrlash hamda sog‘lom avlodni shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Seminar trening bo'lib o'tdi17-10-2025, 11:55
Yangibozor Tuman Tibbiyot Birlashmasida Sog'liqni Saqlash Vazirining o'rinbosari ishtirokida ikki kunlik seminar tashkil qilindi.....14-08-2024, 09:12
Gripp va O'RVI bo'yocha targ'ibot tadbirlari22-11-2025, 10:15
Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va sug‘urta tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi5-09-2024, 09:28