Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » Yangibozor Tuman Tibbiyot Birlashmasida Sog'liqni Saqlash Vazirining o'rinbosari ishtirokida ikki kunlik seminar tashkil qilindi.....

Yangibozor Tuman Tibbiyot Birlashmasida Sog'liqni Saqlash Vazirining o'rinbosari ishtirokida ikki kunlik seminar tashkil qilindi.....

14-08-2024, 09:12
64














 #sohaga_oid_yangiliklar
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Xorazm viloyatida raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik hamda infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishish maqsadida ikki kunlik o‘quv amaliy seminar tashkil qilindi.

Seminar ishtirokchilari dastlab  Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov boshchiligida Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldilar.

Vazirlikning  tegishli boshqarma boshliqlari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalarining raqamlashtirish va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari, “UZINFOCOM” ning hududiy texnik xizmat ko‘rsatish xodimlari, viloyatimizdagi shahar-tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlari, IT hamshiralar tumanda joriy qilingan elektron tizim bilan yaqindan tanishdilar.

Tumanda respublikamiz viloyatlari ichida birinchilardan bo‘lib, “dmed” platformasi joriy qilingan bo‘lib, ushbu platforma mijozlarga uyda o‘tirgan holda vrach qabuliga yozilish imkonini beradi. 

Ushbu tizimning qulayligi shundaki, bunda bemor va shifokor vaqti tejaladi, ish samaradorligi ortib, rejali faoliyat tashkil etiladi. Ortiqcha qog‘ozbozlikning oldi olinadi.

Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi mutasaddilari mehmonlarga ushbu tizimning ishlashi, afzalliklari haqida jonli misollar yordamida taqdimot qildilar.

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonov Yangibozor tumanida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berib, oldda turgan dolzarb vazifalar haqida to‘xtaldi. 

Seminar ishtirokchilari shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikada joriy qilingan “elektron poliklinika” tizimi bilan ham tanishdilar.

Ushbu tizimni barcha tibbiyot muassasalarida joriy qilish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.

Telegram

#Yangibozor #TTB  #SEOJSB
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.