Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati / Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Mahallalarda sanitar-gigienik holatni yaxshilash,kasalliklarni oldini olish bo'yicha amaliy ishlar  davom qilmoqda.

Mahallalarda sanitar-gigienik holatni yaxshilash,kasalliklarni oldini olish bo'yicha amaliy ishlar  davom qilmoqda.

3-10-2024, 14:22
56
Bo'lim boshlig'i v.v.b. M.Yusupova hamda xodimlar Uyg'ur qishlog'i "Hayvat" va "Barhayot" mahallalarida bo'lib,mahalla faollari,mahallada faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimlari,o'qituvchilar va maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari bilan yig'ilish o'tkazdi.
Yig'ilishda bo'lim boshlig'i M.Yusupova mahalladagi sanitariya-epidemiologik vaziyat haqida,kamchiliklar va ularni bartaraf qilish yuzasidan qanday ishlar olib borish to'g'risida tushuntirishlar berdi.
Sanitariya-Gigiyena bo'limi mudiri R.Davletova mahalladagi sanitariya-gigiyenik holatni qay tarzda yaxshilash,xonadonlar orastaligini saqlash,shaxsiy gigiyena qoidalari hamda botulizm kasalligi bo'yicha ma'lumot berdi.
Epidemiologiya bo'limi mudiri yuqumli hamda parazitar kasalliklar,yuqish yo'llari,ularni oldini olish bo'yicha tushuntirdi.
Gepatit A kasalligiga alohida to'xtalib,vaksinatsiya qilish masallarini tushuntirdi.
Xonadonlarda yurib suvlardan namunalar olindi,parazitar kasalliklarga bolalardan bepul analizlar olindi hamda xonadonlar orastaligi bo'yicha tarqatma materiallar tarqatildi.



Telegram
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.