Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim faoliyati / Hisobotlar / Axborot xizmati » Mahallabay ishlash bo'yicha tadbirlar davomi....

Mahallabay ishlash bo'yicha tadbirlar davomi....

29-07-2024, 14:26
103



#mahallabay  #seojsb  #yangibozor #yuqumli  #parazitar  #kasalliklar  #gepatitA  

Mahallabay ishlash bo'yicha tizimli ishlar davom qilmoqda......
Iyul oyi davomida tumanimizdagi 3 ta mahalla "Paxlavon Mahmud","Mang'itlar" hamda "Bo'ston" mahallalarida bo'lim boshlig'i A.Jumaniyazov va xodimlarimiz xonadonlarda yurib,aholi xonadonlaring sanitariya-gigiyenik holatini o'rgandi.Ichimlik suvini tekshirish uchun namunalar olindi,uyishmagan bolalarni parazitar kasalliklarga tekshirildi.Yuqumli hamda parazitar kasalliklar va ularni oldini olish,shaxsiy gigiyena qoidalari bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlari qilindi.Mahalla faollari,mahalla 7 ligi,oilaviy hamshiralik punkti hamshiralari hamda shu mahallalardagi maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi hamshiralari bilan birgalikda yig'ilishlar tashkil qilinib,davra suhbatlari o'tkazildi.Ularga quturish,qizamiq,ko'kyo'tal,brutselloz kabi xavfli yuqumli kasalliklar,ovqatdan zaharlanish(botulizm) hamda Gepatit A kasalliklarini to'g'ri tashxislash,davolash,profilaktikasi va emlash masalalari bo'yicha tushuntirshlar berildi.Bu kabi tadbirlar mahallalarda davom qilmoqda........

Telegram  
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.