Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Matbuot anjumani

Matbuot anjumani

11-07-2024, 09:32
60

Xorazm viloyati sanitariya-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi  hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida "O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish  bo‘yicha viloyat miqyosida olib borilayotgan tadbirlar mazmun-mohiyati yuzasidan" matbuot anjumani  o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida  Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi   boshqarmasi  mas’ul xodimlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, tibbiyot xodimlari va  ommaviy axborot vositalari  vakillari, blogerlar hamda tuman va shahar bo‘limlarining Jamoatchilik bilan ishlash bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.

Anjumanda  viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  boshqarmasi  tomonidan o‘tgan davr mobaynida sohalar kesimida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqbolda boshqarma oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.Anjuman qiziq va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.  

Tadbir davomida jurnalistlar va blogerlar sohaga oid ko‘plab savollariga javoblar oldilar.

#anjuman #yuqumlikasalliklar #seojsb #uzbekistan #yangibozor

Telegram​​​
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.