Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Faoliyati / Hisobotlar » Yangibozor tuman SEO va JS bölimi Mehnat gigiyenasi 9-oylik hisobot

Yangibozor tuman SEO va JS bölimi Mehnat gigiyenasi 9-oylik hisobot

5-11-2026, 14:39
19

Mehnat gigiyenasi 9 oylik hisobot

Yangibozor tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi Sizning 2026yil 8-oktabr kungi 04/5202-sonli mehnat gigienasi, toksikologiyasi va zaharli ximikatlar gigienasi yo‘nalishidagi faoliyati bo‘yicha axborot xatingiz ijrosi bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 10.07.2012 yildagi   «Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi 200- sonli buyrug‘iga asosan ishchi xodimlarning salomatligini ximoya qilish, kasb kasalliklari va  zaxarlanishlarning oldini  olish, ularni kamaytirish maqsadida  korxona va tashkilotlar   ishchi   xodimlarini davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish bo‘yicha  korxona va tashkilotlar rahbarlariga  2026 yil 16 fevral kuni 1/124 sonli tavsiya xatlari  yuborildi.

2026 yil davomida 4246 nafar, shundan 774 nafar xotin-qizlar aniqlanib, korxona va tashkilotlardazararli va noqulay mexnat sharoitida ishlayotgan xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha reja va 1/300 sonli tavsiya xati tibbiyot birlashmasiga yuborildi.

9 oy davomida  Yangibozor tuman elektr ta‘minoti korxonasi 27 nafar shundan 2 nafar xotin qizlar, Firuza Gaz MCHJ 21 nafar, 9-sonli AVTOKORHONAning 15 nafar ishchi   xodimlari, shundan 1 nafar xotin qiz to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Avtomobil yo’llari bo’yida joylashgan Alham MCHJ,Adamboy Shukurjon MChJ, Premium ekstra Oil,AYOQSh va AZESh shahobchasi, Firuza Gaz MChJ avtomobillarga yoqilg’i va gaz quyishshahobchalarida profilaktika tadbirlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasining №0100-25 sonliSanQvaN “Jamoat xojatxonalarini loyixalash, qurish, suv ta’minoti, isitish, ventilyatsiyasi tabiiy va sun’iyyoritilishi, jihozlanishi hamda va foydalanishga doir   sanitariya qoidalari, normalari va gigienanormativlari”ga mos ravishda tashkil qilish bo’yicha tavsiya hatlari berildi.Oz‘bekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2025 yil 18-dekabr kungi   «Ijtimoiy soha muassasalari umumiy ovqatlanishshahobchalari va viloyatlararo avtomobil yo’llari bo’yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya –gigiyena tizimini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 799-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida  Xalq deputatlari Yangibozor tumani kengashiga ma’lumot kiritildi.

G‘isht ishlab chiqarish korxonalari, “Yangibozor tekstil agro klaster” MCHJ, “LORA TEKSTIL YANGIBOZOR ” MCHJ, “VATANPARVAR” tashkiloti Xorazm viloyati kengashining Yangibozor tuman o‘quv  sport texnika klubi, 9-sonli AVTOKORHONA, “AVTO-MATO-XAVASKOR ” MCHJ, “ELINZA” xususiy korxonasida, “Ergashbek Maftuna” MCHJ, GULTOJ hissadorlik jamiyati, AYZBERG-777 korxonasida xavfni tahlil qilish tizimi orqali    profilaktika tadbirlari olib borildi.

“Ekologiya, atmosfera havosini muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish, yerlarni yemirilishdan saqlash va hududlarda tuproq va atmosfera havosida laboratoriya tekshiruvlarini kengaytirish to‘g‘risida” gi ko‘rsatma xati ijrosi bo‘yicha kichik sanoat zonasidan Xorazm viloyat saniatriya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining sanitariya gigiyena laboratoriyasini jalb qilgan holda “Ergashbek Maftuna”MCHJ joylashgan Fidokor ko‘chasi 60-uy ya’ni Yangibozor Avto-Moto-Xavaskor MCHJga qarashli avtomaktab oldidan,Fidokor ko‘chasi 55-uy oldidan 8 namuna chang va 8 namuna is gazi ko‘rsatgichiga va hududiy elektr tarmoqlari korhonasi oldidan 4 namuna is gaziko‘rsatgichiga namunalar olinib tekshirildi.

Aholi yashash joylari havosini tekshirish bo‘yicha 492-sonli bayonnoma  natijalariga asosan  Fidokor ko‘chasi ob’ektlari atrofida chang va is gazi ko‘rsatgichi me’yorda ekanligi aniqlandi. Laboratoriya bayonnomasi ilova qilinadi.

 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.