Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim faoliyati / Axborot xizmati » "Mahallabay" ishlari bo'yicha

"Mahallabay" ishlari bo'yicha

10-07-2025, 11:15
59
     


                                                       “Mahallabay” ishlashning yangicha tizimi

Yangibozor tumani  “Paxlavon Maxmud” mahallasida

 

 

 Sanitariya-Epidemiologik Osoyishtalik va Jamoat Salomatligi Qo‘mitasi  Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan "Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etishning yangicha "mahallabay" ishlash tizimi joriy etilib, bu borada ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

 

 SanEpid Qo‘mita Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan Yangibozor tumani “Paxlavon Maxmud"  mahallasida aholiga   yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot  tadbirlari o‘tkazildi. 

 

Mahallalarda yashovchi oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va 2-7 yoshdagi bolalar  gijja parazitlariga  laborator tekshiruvlardan o‘tkazildi.

 

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bemorlarning holidan xabar olinib, ularga zarur muolajalar ko‘rsatildi. Bundan tashqari, mahallada shahar "Toza hudud" DUK xodimlari  tomonidan maishiy chiqindilar olib ketildi. 


Tajribali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rik natijalaridan kelib chiqib, tegishli tavsiya va tarqatma materiallar tarqatildi. 

 

Epidemiologiya bo’limi yo’nalishi bo’yicha: 597 ta xonadonlar bilan suxbatlar o’tkazildi. Gepatit A kasalligi va boshqa mavsumiy kasalliklar to’g’risidagi 857 dona eslatma materiallar xonadonlarga tarqatildi. 

 

Dezinfeksiya tadbirlar bo’yicha 190 ta xonadonlar (2850 kvadrat maydon) dezinfeksiya tadbiri qilindi.  

Parazitologiya laboratoriyasi tomonidan 2 yoshdan 14 yoshgacha bolgan bolalarning 175 nafaridan parazitar kasalliklarga laborator skrining tekshiruvi o’tkazildi.


TELEGRAM
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.