Mahallabay ishlash tizimi bo'yicha targ'ibot tadbirlari "Boshqarshix"qishlog'ida tashkil qilindi.





#sanepidcommittee
Bo'lim tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib,Respublika Sanitariya epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021-yil 15-martdagi buyrug'i asosida mahallalaradagi yuqumli hamda parazitar kasalliglar,ommaviy zaharlanish holatlarini oldini olish,to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarziga rioya qilish,aholi xonadonlari orastaligini ta'minlashda inson faolligini oshirish borasida Yangicha "Mahallabay"ishlash tizimini joriy etish bo'yicha tumandagi Boshqarshix qishlog'idagi "Yuqoriboshqir" va "Jayhun" mahallalarida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mahalla faollari,mahalla yettiligi,hududda joylashgan maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbaralari,xamshiralar,Oilaviy poliklinika vrach va hamshiralari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda bo'lim boshlig'i v.v.b. M.Yusupova so'zga chiqib mahalla joylashgan hududdagi sanitariya-gigiyenik va epidemiologik vaziyat hamda uni barqaror saqlash uchun lozim bo'lgan chora-tadbirlar majmui,yuqumli kasalliklarga qarshi emalash tadbirlar to'g'risida tushuntirishlar berdi.
Sanitar-gigiyena bo'limi mudiri R.Davletova sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash,ovqatdan zaharlanish xolatlarini oldini olish,botulizm,xonadon orastaligi va uni yaxshilash masalalarini tushuntirdi.
Epidemiologiya va immunoprifilaktika bo'limi mudiri G.Ro'zmetova so'zni davom qildirib uy hayvonlarini to'g'ri saqlash,quturish kasalligi,brutselleoz,gemorragik isitma,gepatit A kabi kasallilar,guruhli kasallanishlarni oldini olish bo'yicha,ommaviy tadbirlar o'tkazilishiga qo'yiladigan talablar bo'yicha ma'ruza qildi.
Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha javob olishdi.
Telegram
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Mahallabay" ishlash bo'yicha tizimli ishlarning keyingi manzili "Hamid Olimjon" hamda "Shoirlar" mahallari4-09-2024, 11:06
Jayhun mahallasida yangicha mahallabay ishlash tartibi22-09-2023, 11:08
"Mahallabay" ishlashning yangicha tizimini tashkil etish bo'yicha tuman mahallarida seminarlar12-12-2023, 12:11
Mahallabay ishlash bo'yicha tadbirlar davomi....29-07-2024, 14:26
Mahallalarda "Mahallabay ishlash" hamda yuqumli kasalliklar bo'yicha targ'ibot tadbirlari davom qilmoqda11-07-2024, 14:54