Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim faoliyati / Axborot xizmati » Juma - milliy liboslar kuni

Juma - milliy liboslar kuni

12-12-2025, 11:04
3
Juma — Milliy liboslar kuni. Yangibozor tuman SEO va JS bo‘limi jamoasi.


Yangibozor tuman SEO va JS bo‘limida Juma kuni munosabati bilan xodimlar milliy liboslarda ish faoliyatini olib bordilar. Tadbirning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarimizni asrash, tarixiy merosimizni targ‘ib qilish va jamoa o‘rtasida milliy o‘zlikni mustahkamlashdan iborat.

Milliy liboslarimiz xalqimizning boy madaniyati, an’analari va estetik qarashlarini ifodalovchi muhim ramz hisoblanadi. Ushbu kun doirasida xodimlarning milliy liboslarda ishtirok etishi o‘zligimiz va ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir.

Yangibozor tuman SEO va JS bo‘limi kelgusida ham milliy an’analarni targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.

TELEGRAM​​​
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.