Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Axborot xizmati » JUMA-Milliy liboslar kuni

JUMA-Milliy liboslar kuni

5-09-2025, 10:35
28
Juma — Milliy liboslar kuni

Bugun Yangibozor tuman SEO va JS bo‘limi xodimlari milliy liboslarda ish faoliyatini olib bordilar. Bu nafaqat chiroyli ko‘rinish, balki ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni ulug‘lash va yosh avlodga o‘rnak bo‘lishdir.

Milliy liboslarimiz — xalqimizning bebaho merosi, milliy g‘ururimiz va o‘zligimiz ifodasidir. Atlas va adrasning jilosi, beqasam va zardo‘zlikning nafisligi ajdodlarimizning san’atga bo‘lgan mehri va dididan dalolat beradi.

Milliy libos kiyish — bu tariximizni qadrlash, madaniyatimizni asrab-avaylash va uni dunyoga tanitishdir. Shunday ekan, milliy liboslarimizni faxr bilan kiyib, milliyligimizni har qadamda ulug‘lash barchamizning sharafli burchimizdir.

TELEGRAM​​​
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.