Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » "Mahallabay" ishlash tizimi doirasidagi profilaktik tadbirlar

"Mahallabay" ishlash tizimi doirasidagi profilaktik tadbirlar

19-09-2025, 15:31
29
📢 “Mahallabay” ishlash tizimi doirasidagi profilaktik tadbirlar

Yangibozor tuman SEO va JSB tomonidan Uyg’ur qishlog‘i Hamid Olimjon  mahallasida “Mahallabay” o‘rganish ishlari olib borildi.
✅ Mahalladagi xonadonlarga uyma-uy kirilib:
🔹 Yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi emlanishning ahamiyati,
🔹 Ovqatdan zaharlanishni oldini olish choralari,
🔹 Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mavzularida targ‘ibot ishlari olib borildi.

💧 Ichimlik suvlaridan namunalar olindi, dezinfeksiya ishlari o‘tkazildi, parazitar kasalliklar o‘rganildi va xonadonlardagi yosh bolalardan tekshiruv uchun namunalar olindi.

📄 Tadbir davomida aholiga tarqatma materiallar va eslatma xatlar berildi.

➡️ Ushbu tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

TELEGRAM
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.