Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Axborot xizmati » Yangi yil tabrigi

Yangi yil tabrigi

31-12-2025, 12:07
11
🎉 YANGI YIL TABRIGI
Tarix sahifalaridan munosib o‘rin olayotgan 2025-yil mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida salmoqli yutuqlar va ijobiy natijalar bilan yodda qoldi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab bergan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga olib chiqqan yilning eng muhim siyosiy voqeasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida keng ko‘lamli islohotlar, jumladan sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish ishlari izchil davom ettirilishi alohida ta’kidlandi.
Jumladan, tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish maqsadida “master-reja” ishlab chiqilishi, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, shuningdek transplantatsiya, vaksinatsiya, ona va bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Shu bilan birga, soliq, bojxona, sanitariya-epidemiologik nazorat, standartlashtirish, karantin, qurilish nazorati, yong‘in xavfsizligi kabi 17 turdagi tekshiruvlarda yon kameralardan foydalanish majburiy etib belgilandi.
Qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan 2026-yilda ham Sanepidqo‘mita tizimida faoliyat olib borayotgan jonkuyar va fidoyi xodimlar oldimizga yanada ulkan maqsad va rejalarni qo‘yib, ezgu tashabbus va xayrli tadbirlarni hayotga tatbiq etishni maqsad qilgan.
Yurtimizdagi har bir inson o‘z orzu-umidlari va ezgu maqsadlariga yetishsin. Yangi yil ona diyorimizga tinchlik, farovonlik, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin!

Bahodir YUSUPALIYEV,
Sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.